Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston madaniyatidan faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otadigan filmlar yaratilishiga umid bildirdi
“Umid qilamanki, yaqin kelajakda aynan shunday filmlar ekran yuzini ko‘radi”, deydi Prezident yordamchisi.

O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston, uning anʼanalaridan faxrlanish tuyg‘ularini uyg‘otadigan filmlar yaqin kelajakda ekran yuzini ko‘rishiga umid bildirdi.
“Kecha Prezidentimiz boshchiligida milliy estrada asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykalining ochilish marosimida ishtirok etdik”, deb yozdi o‘zining rasmiy sahifasida.
Qayd etilishicha, tadbirdan so‘ng Milliy estrada sanʼati instituti hamda Kino saroyiga tashrif uyushtirilgan.
Davlat rahbari vatan tarixi va madaniyatiga muhabbat, buyuk O‘zbekiston, uning anʼanalaridan faxrlanish tuyg‘ularini uyg‘otadigan filmlarni suratga olish muhim ekanini taʼkidladi.
“Umid qilamanki, yaqin kelajakda aynan shunday filmlar ekran yuzini ko‘radi”, deydi Saida Mirziyoyeva.







