O'zbekiston

Toshkentda maktabga o‘yinchoq pichoq olib kelgan o‘quvchining ota-onasi jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videolavha yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi rasmiy maʼlumot berdi.

Toshkentda maktabga o‘yinchoq pichoq olib kelgan o‘quvchining ota-onasi jarimaga tortildi

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 6 may kuni sodir bo‘lgan. Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 187-maktabning 11-“J” sinf o‘quvchisi I.J. maktabga o‘rtoqlariga maqtanish maqsadida pichoq ko‘rinishidagi o‘tmas jism (o‘yinchoq) olib kelgan va tanaffus vaqtida atrofidagilarga ko‘rsatib maqtangan. U bu jarayonni o‘zining telefoniga syomka qilgan. 

 

O‘quvchilar tomonidan maktab direktoriga xabar berilgan. O‘quvchi va uning ota-onasi bilan mahalla inspektori, maktab rahbariyati va Milliy gvardiya xodimlari ishtirokida sodir etilgan xatti-harakati yuzasidan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan. Voyaga yetmagan o‘quvchining ota-onasiga nisbatan MJtKning 47-moddasiga asosan jarima jazosi qo‘llangan.

 

Ayni vaqtda, o‘quvchi J.I. o‘zining xatti-harakatiga nisbatan ko‘rilgan choradan noroziligini maktab maʼmuriyati va Milliy gvardiya xodimiga bildirgan hamda videolavhani ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan, deyiladi Toshkent shahar MMTB axborot xizmati xabarida. 

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda maktabga o‘yinchoq pichoq olib kelgan o‘quvchining ota-onasi jarimaga tortildi | Zamon.uz