Lifestyle

Amerikada mushuk universitet diplomini ooladi

Unga, shuningdek, ilmiy daraja berishmoqchi.

Amerikada mushuk universitet diplomini ooladi

AQSHning Vermont universiteti xodimlari bitiruvchi kurs talabalari qatorida ancha yildan beri jamoaning sevimli aʼzosiga aylanib ulgurgan Maks laqabli mushukka ham diplom berishmoqchi.

 

Maks 4 yildan beri talabalar bilan birga maʼruzalarda qatnashadi, ular bilan ekskursiyalarga boradi. Fan o‘qituvchilari va talabalar jonivorni birdek yaxshi ko‘rishadi.

 

Yaqinda bitiruv marosimi. Tadbirda Maks ham ishtirok etib, maxsus diplom oladi. Unga, shuningdek, uzoq yillik sadoqati va odamlar kayfiyatini ko‘targani uchun fan doktori ilmiy darajasini berishmoqchi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"