Farg‘onada kadastr boshlig‘i yig‘ilishda so‘kinib, xodimlarini haqoratladi
Holatga Kadastr agentligi munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqda kadastr agentligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Zoom orqali o‘tkazgan yig‘ilishida kurakda turmaydigan so‘zlar ishlatib, xodimlarini so‘kkani aks etgan video tarqaldi.
Rasmiy xabarga ko‘ra, ushbu holat 3 may kuni o‘tkazilgan tanqidiy yig‘ilishda sodir bo‘lgan. Boshqarma boshlig‘i yig‘ilish davomida xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tahlil qilish vaqtida asablarini jilovlay olmagan.
Agentlik tomonidan boshqarma boshlig‘iga nojo‘ya so‘zlarni ishlatgani uchun “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi hamda tushuntirish ishlari olib borildi.







