Qo‘qonda Milliy gvardiya xodimlarini haqoratlaganlar sudlandi
Ular bozorda xodimlarning shaʼni va nomiga zid xatti-harakatlar qilgan.

Maʼlumotlarga ko‘ra, Qo‘qon shahrida joylashgan Farobiy savdo kompleksida fuqaro E.Ashuraliyev va M.Ashuraliyevalar Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarning qonuniy talablarini bajarmasdan, jamoani o‘ziga qaratib harbiy xizmatchi shaʼni va nomiga zid xatti harakatlar qilgan.
Odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun ularga nisbatan qonuniy chori ko‘rilishi yuzasidan harbiy xizmatchi Qo‘qon shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga bildirgi bergan.
️Sud fuqarolarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima jazosi tayinlagan.







