Jahon

Rossiyada portlash yuz berdi

Oqibatda jabrlanganlar bor.

Rossiyada portlash yuz berdi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Harbiy aloqa akademiyasida portlash yuz berdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.

 

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 7 kishi jabrlangan, ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir.

 

Muassasaga dron hujum qilgan. Boshqa manbalar bino yerto‘lasida o‘quv o‘q-dorilari portlaganini yozmoqda.

 

Hozirda voqea joyida favqulodda xizmatlar ish olib bormoqda.