O'zbekiston

“O‘zbekiston iqtisodiyotning energiya samaradorligini ikki baravar oshirish bo‘yicha ulkan maqsadlar qo‘ygan”

Davlat ekologik ekspertizasi markazi “HPBSolution” MCHJ bilan memorandum imzoladi.

“O‘zbekiston iqtisodiyotning energiya samaradorligini ikki baravar oshirish bo‘yicha ulkan maqsadlar qo‘ygan”

17-may kuni Davlat ekologik ekspertizasi markazida "HPBSolution" mas’uliyati cheklangan jamiyati vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda HPBS bilan hamkorlikda atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati natijasida hosil bo‘ladigan issiqxona gazlari miqdori hamda uglerod izini hisoblash bo‘yicha metodika ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

 

Shuningdek, xalqaro va milliy tadqiqotlarni chuqur tahlil qilish hamda xorijiy davlatlar tajribalarini har tomonlama o‘rganish asosida iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish bo‘yicha kadrlar salohiyatini oshirish yuzasidan o‘quv–seminar, treninglar tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.

 

Markaz rahbari G‘ayratjon Muxamedov iqlim sohasidagi global kun tartibi yangi O'zbekiston davlat siyosatining asosiy ustuvor yo'nalishlaridan biri ekanligini ta'kidladi.

 

"Parij kelishuvi doirasida 2010-yilga nisbatan 2030-yilga kelib yalpi ichki mahsulot birligiga issiqxona gazlari emissiyasini 35 foizga kamaytirish bo‘yicha qo‘shimcha majburiyat oldik. O‘zbekiston 2030-yilgacha iqtisodiyotning energiya samaradorligini ikki baravar oshirish bo‘yicha ulkan maqsadlarni qo‘ygan. 2030-yilga borib qayta tiklanadigan energiya ulushini 35 foizga yetkazish, ekologik toza transportni rivojlantirish choralari ko‘rilmoqda", - dedi G‘ayratjon Muxamedov.

 

Qolaversa, prezident farmoniga muvofiq, atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha I – IV toifalarga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish jarayonida Vazirlik tomonidan uglerod neytralligini ta’minlash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar belgilanganligi qayd etildi.

 

Bunda faoliyat turidan kelib chiqib, atrof-muhitga ta’sirni baholash materiallarida ishlab chiqarish natijasida hosil bo‘ladigan issiqxona gazlari miqdori hamda uglerod izini kamaytirishning aniq ko‘rsatkichlari loyiha pasporti bilan belgilanadi, belgilangan ko‘rsatkichlar asosida uglerod izini kamaytirish bo‘yicha davlat ekologik ekspertizasi xulosasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan amalga oshirilishi majburiy bo‘lgan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

 

Uchrashuv yakunida Davlat ekologik ekspertizasi markazi va "HPBSolution" mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘rtasida strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

 

Ushbu memorandum Markaz xodimlarining malakasini oshirish, atrof-muhitga ta’sir etuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyati natijasida yuzaga keladigan issiqxona gazlari chiqindilari va uglerod izlarini hisoblash metodikasini ishlab chiqish, xalqaro va milliy tadqiqotlarni chuqur tahlil qilish hamda xorijiy davlatlar tajribalarini har tomonlama o‘rganish asosida iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish bo‘yicha kadrlar salohiyatini oshirish yuzasidan o‘quv-seminar, treninglar tashkil etish kabi masalalarni o‘z ichiga olgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“O‘zbekiston iqtisodiyotning energiya samaradorligini ikki baravar oshirish bo‘yicha ulkan maqsadlar qo‘ygan” | Zamon.uz