Samarqandda Neksiya-2 ikkiga bo‘linib ketdi
Holat bo‘yicha viloyat IIB YHXB maʼlumot berdi.

Holat kecha, 18 may kuni soat 23.00 atrofida Samarqand shahrining Islom Karimov ko‘chasida yuz bergan. 1991 yilda tug‘ilgan haydovchi Neksiya-2 rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lning chetki qismida joylashgan temir ustunga o‘ng yon tomon orqa eshigi bilan urilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bor. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







