Toshkentda ikkita mashina avariyaga uchradi
Hodisa oqibatida jarohatlanganlar bor.

Kecha, 18 may kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Holat soat 22:40 larda Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasida yuz bergan. Unda 2003 yilda tug‘ilgan D.M. boshqaruvida bo‘lgan Lasetti va 1998 yilda tug‘ilgan Sh.O. boshqaruvida bo‘lgan Monza o‘zaro to‘qnashib ketgan.
YTH oqibatida Lacetti avtomashinasining haydovchisi va 2 nafar yo‘lovchisi tan jarohat olib, shifoxonaga olib ketilgan.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







