O'zbekiston

6-sinf qizga sevishini aytgan 9-sinf o‘quvchisi "samosud" qilindi

Samarqand viloyati IIB holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini bildirdi.

6-sinf qizga sevishini aytgan 9-sinf o‘quvchisi "samosud" qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi 20-maktab o‘quvchisi 30 yoshli erkak tomonidan "samosud" qilgani aytilgan videolar tarqaldi.

 

Xabarlarda bola sinfdosh qiz bilan hazillashgani uchun qizning akasi kelib uni maktabdan olib chiqqani, sochini olgani va qoshini kuydirgani, shuningdek, "samosud" qilishi oqibatida yelkasi singani aytilgan. Mahalla noziri (uchastkovoyi) bu holatga chora ko‘rmayotgani bildirilgan.

 

Bolalar ombudsmani holat yuzasidan munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, 16 may kuni tumani IIBga 15 yoshli B.S. tan jarohati olgani to‘g‘risida uning onasi J.I. dan ariza kelib tushganini bildirdi.

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida bola 20-maktabning 9-sinfida taʼlim olishi, u shu maktabning 6-sinf o‘quvchi qizi q.A.ga sevishini aytgani, so‘ng qizning akasi A.q. holatdan xabar topib, 15 may kuni bolani o‘z uyining ichki tomoniga olib kirib, unga tan jarohati yetkazgani aniqlangan. A.q. uning taʼzirini berish maqsadida B.S.ning sochi va qoshini qaychi bilan qirqib, uyidan chiqarib yuborgan.

 

Tergov davomida Voyaga yetmagan bolaga nisbatan sodir etilgan boshqa g‘ayriqonuniy harakatlarga huquqiy baho berilmoqda, deyiladi ombudsman xabarida.

 

Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot kotibi Jahongir Sagdullayevning maʼlum qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Maʼlumot uchun, sudda ushbu ayblov o‘z isbotini topsa, aybdor 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

6-sinf qizga sevishini aytgan 9-sinf o‘quvchisi "samosud" qilindi | Zamon.uz