Jahon

Eron prezidenti Ibrohim Raisi halok bo‘ldi

Bu haqda Eron manbaalari xabar bermoqda.

Eron prezidenti Ibrohim Raisi halok bo‘ldi

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyotining halokatga uchrashi oqibatida barcha yo‘lovchilar va ekipaj aʼzolari halok bo‘ldi. Bu haqda Eron Qizil yarim oy jamiyati rahbari Pir Husayn Kolivand maʼlum qildi.

 

"Halokatga uchragan vertolyotning joylashuvi aniqlanganda, vertolyotda tirik yo‘lovchilarining izlari topilmadi", — dedi u IRIB telekanalida.

 

 

Avvalroq Bortida Eron Prezidenti bo‘lgan vertolyot halokatga uchragani haqida xabar berilgandi. Bortda prezidentdan tashqari Eron tashqi ishlar vaziri Amir Abdullahyon va Sharqiy Ozarbayjon gubernatori Oyatulloh al-Hoshim bo‘lgan. Ibrohim raisiy Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev bilan uchrashuvdan qaytayotgan bo‘lgan. Davlat rahbarlari Aras daryosidagi to‘g‘on ochilishi marosimida ishtirok etgan.

 

Maʼlumot uchun, oliy rahnamo Xomanaiyning roziligi bilan prezidentning vakolatlarini birinchi vitse-prezident Muhammad Moxber o‘z zimmasiga oladi. Eronda yangi prezidentlik saylovlari 50 kun ichida o‘tkazilishi kerak bo‘ladi.

custom img

Afg‘onistonda toshqinlar oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi

Mart oyining oxiridan buyon mamlakatda kuzatilayotgan kuchli yog'ingarchilik suv toshqinlari va ko‘chkilarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Yevropada noaniqlik kuchaydi: AQSh Polshaga 5 ming nafar askar yubormoqda

NATO bosh kotibi mazkur qarorni qo‘llab-quvvatlab, Yevropa davlatlari AQSHga qaramlikni kamaytirishi zarurligini ta’kidladi.

custom img

G‘azoga yordam olib ketayotgan faollar Isroil askarlarini zo‘ravonlikda va jinsiy tajovuzda aybladi

Ayrim faollarning qovurg‘a va qo‘llari sindirilgan, elektroshoker qo‘llanishi oqibatida ko‘z va quloqlaridan jiddiy jarohatlar olgan.

custom img

Tinchlik kengashi G'azoni tiklash bo'yicha 15 banddan iborat rejasini taqdim etdi

Rejada XAMASni bosqichma-bosqich qurolsizlantirish va Isroil qo‘shinlarini hududdan olib chiqish nazarda tutilgan.

custom img

Turkiy dunyo va sunʼiy intellekt

Qozog‘istonning Turkiston shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti rahbarlarining sunʼiy intellekt va raqamli rivojlanishga bag‘ishlangan norasmiy sammiti bo‘lib o‘tdi.

custom img

Xitoy AQSh bosimi ostida Kubani kuchli qo'llab-quvvatlashini bildirdi

TIV vakili Guo Szyakun Kubaga qarshi tashqi aralashuv va siyosiy bosimlarni qabul qilib bo‘lmasligini ta’kidladi.

custom img

llon Mask dunyodagi ilk trillionerga aylanishi mumkin

SpaceX’ning bozor qiymati qariyb 1,75 trillion dollarga baholanmoqda.

custom img

Afg‘onistonda endi 9 yoshli qizlarga turmushga chiqishiga ruxsat berildi

Tolibon rahbariyati ayollar huquqlari “Islom shariati asosida himoya qilinayotganini” ta’kidlagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"