O'zbekiston

“Haj-2024” mavsumida O‘zbekistonga 15000 ta kvota berildi

Bu yilgi Haj mavsumi 23 maydan 12 iyulga qadar davom etadi.

“Haj-2024” mavsumida O‘zbekistonga 15000 ta kvota berildi

Parvozlar 10ta shahar aeroportlardan amalga oshiriladi: Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Qarshi, Termiz, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Urganch, Nukus.

 

Madina shahrida ziyoratchilar “Masjidi Nabaviy”dan 100 metr uzoqlikda joylashgan 5 yulduzli “Zam-zam Pullman” mehmonxonasida, Makka shahrida esa “Abraj al-Dana”, “Al-Ayam Elite”, “Dali Hotel”, “Najma Al-Saad”, “Open Hotel”, “Shueae Nozha Hotel”, “Ayed Al-Saha” mehmonxonalarida joylashtiriladi.

 

Haj amallarini bajarish uchun ziyoratchida “Haj-2024” vizasi bo‘lishi shart. Boshqa turdagi vizalar bilan haj tadbiri amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatish uchun, odatdagidek, yuqori malakali ishchi guruhi, shifokorlar, oshpazlar va guruh rahbarlari jalb etiladi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"