Toshkentda Matiz urib yuborgan piyoda vafot etdi
Bu haqda shahar YHXB xabar qildi.

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida 20 may kuni Matiz urib yuborgan piyoda voqea joyida halok bo‘ldi.
YTH soat 21:00 lar atrofida Yuzrobod ko‘chasida sodir bo‘lgan. P.M. (1989 yilda tug‘ilgan) avtomashinasini boshqarib borayotib, fuqaroni urib yuborgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda piyoda yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tmoqchi bo‘lgani aytiladi.
YHXBning maʼlum qilishicha, marhum 35−40 yoshlar atrofida bo‘lgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa / muayyan huquqdan mahrum qilib, yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.







