O'zbekiston

Fuqarolarni “Haj”ga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Ular o‘z xizmatlari evaziga 9,5 ming dollardan 30 ming dollargacha pul talab qilgan.

Fuqarolarni “Haj”ga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

DXX tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazildi. 

 

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan sayyohlik firmasining 2 nafar xodimi mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uning ota-onasini Saudiya Arabistoniga “Haj” safariga borishlari uchun talab etiladigan viza hujjatlarini tayyorlab berish va ularni ziyoratga yuborish evaziga 18 ming AQSH dollari talab qilishib, 4500 AQSH dollari olgan vaqtlarida ushlandi.

 

Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi sayyohlik firmasi rahbari Yashnobod tumanida yashovchi fuqaroni “Haj 2024” mavsumida Saudiya podshohligiga muborak safarga yuborish evaziga 9500 AQSH dollari talab qilib, 5700 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

 

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs ham Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida istiqomat qiluvchi 2 nafar fuqaroni sayyohlik firmasi orqali “Haj” ziyoratiga yuborish evaziga 20 ming AQSH dollari talab qilib, 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

 

Farg‘ona shahridagi sayyohlik firmasi ish yurituvchisi esa Toshloq tumanida yashovchi fuqaroni va uning 2 nafar voyaga yetmagan farzandini 30 ming AQSH dollari evaziga “Haj” ziyoratiga yuborishni vaʼda qilib, 15 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

 

Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida yashovchi shaxs ham Quva tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni va uning ota-onasini “Haj” amallarini bajarishlari uchun sayyohlik firmasi orqali Saudiya Arabistoniga yuborish evaziga 16 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Unutmang! “Haj” ziyorati faqat O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi. 

 

Mamlakatimiz fuqarolari uchun “Haj” tadbiri O‘zbekiston Respublikasining Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi va Saudiya Arabistoni Podshohligining Haj va umra vazirligi o‘rtasida har yili imzolanadigan shartnoma asosida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi hamda bunday faoliyat bilan boshqa tashkilotlarning shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Shuningdek, Saudiya Arabistoni tomonidan belgilangan tartibga muvofiq, chet el fuqarolari uchun “Haj” ziyoratini ado etishning asosiy sharti – “haj” vizasiga ega bo‘lish hisoblanadi. Qolgan barcha turdagi vizalar – “umra”, “turizm”, “biznes” va boshqalar bilan “Haj” ziyoratiga borish taqiqlanadi.

 

Tartibni buzgan xorijlik Saudiya Arabistonidan deport qilinib, ushbu mamlakatga 10 yil muddatga kirishi taqiqlanadi hamda 50 ming saudiya riyoli miqdorida jarimaga tortiladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Fuqarolarni “Haj”ga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi | Zamon.uz