Saida Mirziyoyeva AQSH delegatsiyasi bilan uchrashdi
Amerika tomoni xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlarni qo‘llab-quvvatlashni bildirdi.

Bugun, 22-may kuni Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva AQSH Davlat kotibi o‘rinbosari Uzra Zeya boshchiligidagi AQSH delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
"Amerika tomoni xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, OAV va so‘z erkinligini taʼminlash, shuningdek, fuqarolik jamiyati hamda NNT faoliyati samaradorligini oshirish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan saʼy-harakatlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi", deb yozdi Mirziyoyeva o‘zining rasmiy telegram-kanalida.







