Toshkentda 6,5 magnitudali zilzila bo‘lish xavfi bor
Bu haqda Fanlar Akademiyasi maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, Toshkent hududini janubi-g‘arbiy yo‘nalishda kesib o‘tuvchi Qorjontov tektonik yer yorig‘i doimiy harakatlanishi natijasida kuchli zilzilalar sodir bo‘lib kelmoqda.
Maʼlumotlar bazasiga ko‘ra, shahar hududida 1868, 1886, 1924 va 1966 yillari 6.5, 6.0, 5.3, magnitudali, jadalligi bo‘yicha 7, 8-9 ballik zilzilalar qayd qilingan. 1980 yilda esa 5.5 magnitudali seysmik jadalligi 8 ballga teng Nazarbek zilzilasi sodir bo‘lgan.







