O'zbekiston

Xovos tumani “zam” hokimi pora bilan ushlandi — video

DXX respublikaning 4 hududidagi korrupsion holatlarga chek qo‘ydi.

Xovos tumani “zam” hokimi pora bilan ushlandi — video

Sirdaryo viloyatining Xovos tumani hokimi o‘rinbosari o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi MCHJga tegishli yerlarni hokimlik zaxirasiga olmaslik, aksincha, sug‘orish ishlariga sharoit yaratib berish va faoliyatiga hech kim aralashmasligi evaziga 20 ming AQSH dollari talab qilib, 1 ming AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura xodimlari tomonidan ushlandi. 

 

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent viloyat filialining bo‘lim boshlig‘i va muhandisi o‘zaro til biriktirib, Qibray tumanidagi qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonani 3 fazali elektr tarmog‘iga ulash va transformator o‘rnatib berish, shuningdek, boshqa texnik hujjatlarini tayyorlashda ko‘maklashish evaziga 39 ming AQSH dollari miqdorida pora talab qilishadi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent viloyat filiali muhandisi so‘ralgan pul mablag‘idan 30 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.

 

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani IIB jinoyat qidiruv bo‘linmasi katta tezkor xodimi xizmat mavqeidan foydalanib, o‘zining ish yurituvida bo‘lgan tergovga qadar tekshiruv materiali yuzasidan yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish evaziga, tamagirlik yo‘li bilan undan 1500 AQSH dollari miqdorida pora talab qiladi va avvalroq ushbu pul mablag‘i hisobidan 400 AQSH dollari oladi.

 

Lekin, u talab qilingan puldan yana 400 AQSH dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlandi.

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sergeli tumani IIO FMB 2-sonli ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori 5 ming AQSH dollarini pora sifatida olgan vaqtida ushlandi.

 

Aniqlanishicha, u ushbu pul mablag‘i evaziga, o‘zaro janjal oqibatida xorijiy fuqaroga tan jarohati yetkazgani bo‘yicha mahalliy fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atmasdan, holatni maʼmuriy huquqbuzarlik sifatida malakalashni vaʼda qilgan.

 

Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, mazkur shaxslarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Xovos tumani “zam” hokimi pora bilan ushlandi — video | Zamon.uz