O'zbekiston

Salkam 80 mln rublni Qirg‘izistonga noqonuniy o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxs 5 yilga qamaldi

Bu haqda DXX xabar bermoqda.

Salkam 80 mln rublni Qirg‘izistonga noqonuniy o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxs 5 yilga qamaldi

2023 yilning dekabr oyida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

 

Unda, Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Ola-buqa tumani bilan chegaradosh bo‘lgan Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tuvchi “o‘zbek-qirg‘iz” davlat chegarasi tomon harakatlangan Namangan shahrida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganida, uning salonida 3 dona polietilen qoplarga joylashtirilgan jami 79 mln 994 ming 900 Rossiya rubli borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan edi.

 

Mazkur shaxs ushbu valyuta qimmatliklarini chegaradan o‘tkazib berishi evaziga maʼlum miqdorda xizmat haqi olishi kerak bo‘lgan va bunday noqonuniy harakatni muqaddam 4 marotaba amalga oshirgan.

 

Holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman sudi tomonidan esa ushbu shaxs Jinoyat kodeksining 25,28,182-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tezkor tadbir davomida undan ashyoviy dalil sifatida olingan 79 mln 994 ming 900 Rossiya rubli sud hukmiga muvofiq davlat egaligiga o‘tkazildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Salkam 80 mln rublni Qirg‘izistonga noqonuniy o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxs 5 yilga qamaldi | Zamon.uz