Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda Face-ID tizimi joriy qilinadi
Bunda pasport taqdim etish talab etilmaydi.

Yil yakuniga qadar davlat xizmatlarini ko‘rsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinadi.
Bunda fuqarolar tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab etilmaydi.
Shuningdek, fuqarolar tomonidan davlat xizmatlari markazlari hamda notarial idoralar orqali Mobile-ID tizimida identifikatsiya va qayta identifikatsiyadan o‘tish bepul amalga oshiriladi.







