Haydovchilarga zaruratsiz Toshkentga kelmaslik so‘raldi
Bu haqda IIV YHXX maʼlum qildi.

Toshkent shahrida 26—27 may kunlari ayrim ko‘chalarda transportlar harakatiga vaqtincha cheklovlar kiritiladi.
Taʼkidlanishicha, poytaxtda ikki kun davomida keng miqyosdagi xalqaro tadbirlar o‘tkazilishi hamda ayrim ko‘chalarda obodonlashtirish va qurilish-montaj ishlari davom etayotganligi munosabati bilan transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
“Zarurat bo‘lmaganda haydovchilarga Toshkent shahriga harakatlanmaslikni tavsiya qilamiz”, — deyiladi YHXX xabarida.







