Navoiylik baliqchi tabiatga 1 mlrd zarar yetkazdi
Hozirda unga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi Konimex tuman bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
aniqlanishicha, tumanning “Sho‘rko‘l” MFY hududida fuqaro Y. O. 5000 metrlik sintetik to‘r yordamida tabiiy suv havzasida 218 bosh baliqni noqonuniy ovlangan. Natijada tabiatga 1 milliard 240 million 300 ming so‘m zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 90-moddasi 4-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
“Yetkazilgan zararni undirish va tegishli chora ko‘rish maqsadida to‘plangan hujjatlar sud organlariga yuborilmoqda”, deyiladi xabarda.







