O‘zbekistonda yuridik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi
Shuningdek, ikkita yangi institut tashkil etiladi.

“Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yana-da oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
— maktablarda “Huquq sinfi” va huquq fanlari chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishini tashkil etish orqali yuridik kadrlarni tayyorlashda “maktab – litsey – texnikum – universitet” tizimini joriy etish;
— Namangan va Samarqand viloyatlari yuridik texnikumlari negizida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylarini tashkil qilish hamda ularning iqtidorli bitiruvchilarini “yurisprudensiya” yo‘nalishidagi oliy taʼlim muassasalariga suhbat asosida test sinovlarisiz qabul qilish.
Quyidagi institutlar tashkil etiladi:
— Adliya vazirligi huzurida Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti;
—Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish taʼsirini baholash instituti.







