O‘zbekistonlik para yengil atletikachilar tarixiy natija qayd etdi
Ular Kobedagi musobaqada 3-o‘rinni egalladi.

15-may kuni Yaponiyaning Kobe shahrida start olgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi.
Dunyoning 103 ta mamlakatidan mingdan ortiq para atlet ishtirok etgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 7 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza, jami 13 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida Buyuk Britaniya, AQSH, Germaniya, Hindiston va Eron kabi yetakchi davlatlarni ortda qoldirgan holda 3-o‘rinni egalladi.
Taʼkidlanishicha, bu O‘zbekiston Paralimpiyasi tarixida birinchi bor sodir bo‘lmoqda. Taqqoslash uchun, terma jamoa bundan avvalgi 2 ta jahon chempionatida 10- va 9-o‘rinlarni egallagan edi.
Bundan tashqari, Nurxon Qurbonova hamda Asila Mirzayorova o‘z yo‘nalishlarida jahon rekordlarini yangilashga muvaffaq bo‘ldi.







