O'zbekiston

"Bahodir Yalangto‘sh": 3,5 ming tomoshabinni o‘ziga jalb eta olgan film premyerasi

Samarqanddagi "mo‘jiza" amfiteatrida “Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy-badiiy filmining taqdimoti o‘tkazildi.

"Bahodir Yalangto‘sh": 3,5 ming tomoshabinni o‘ziga jalb eta olgan film premyerasi

 

Xalqimizning buyuk farzandlaridan biri, davlat va jamoat arbobi, sarkarda Bahodir Yalangto‘shbiy (Olchin) hayoti va faoliyati aks ettirilgan mazkur film premyerasi oldidan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida matbuot anjumani tashkil etildi.

 

Unda Kinematografiya agentligi, Samarqand viloyati hokimligi rahbarlari, film ijodkorlari ishtirok etdi. "Tarixiy filmda bosh qahramon, ya’ni Bahodir Yalangto‘sh obrazini ijro etishning mas’uliyati katta, albatta. Filmda o‘ziga yarasha qiyinchilik tug‘diradigan sahnalar ko‘p bo‘ldi. Otda chopish, qilich o‘ynatish, yiqilish. Garchi sportchi bo‘lsam-da, bu rolni ijro etish oson kechmadi. Ijodiy jamoaning bir kuch bo‘lib, birlashib harakat qilishi natijasida maqsadimizga erisha oldik, deb o‘ylayman, — deydi Habibulla Nizomov.

 

Film premyerasida O‘zbekiston Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, professor Erkin Musurmonov va boshqalar so‘zga chiqdi:

 

"Prezidentimizning  tashabbuslari bilan yaratilgan mazkur film yer yuzining sayqali, Sharq gavhari bo‘lgan Samarqandimiz, uning hukmdori bo‘lgan ulug‘ sarkardamiz haqida ekani  bizga faxr va g‘urur bag‘ishlaydi. Yana bir e’tiborli jihati, ushbu loyihani amalga oshirishda Samarqand viloyati hokimligi O‘zbekiston kinematografiya agentligi bilan bevosita hamkorlikda ishladi. Film rejissyori Jahongir Ahmedov samarqandlik ijodkorlar, tarixchi olimlar bilan bamaslahat faoliyat olib bordi. Bir necha bor muhokamalar bo‘ldi va ana shu hamkorlikdagi ishimiz tufayli mazkur tarixiy badiiy film yaratildi", — dedi viloyat hokimi.

 

Hasan Toshxo‘jayev ssenariysi asosida rejissyor Jahongir Ahmedov tomonidan yaratilgan kinokartinada buyuk sardor, Registon majmuasi bunyodkori, Samarqandga hokimlik qilgan sarkarda Bahodir Yalangto‘shning hayot yo‘li va faoliyati hikoya qilinadi.  30 may kuni Toshkent shahrida ham “Bahodir Yalangto‘sh” filmining premyerasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"