Iqtisodiyot

Jahon banki O‘zbekistonga 100 million dollar kredit ajratadi

Ushbu mablag‘lar qaysi sohaga yo‘naltiriladi?

Jahon banki O‘zbekistonga 100 million dollar kredit ajratadi

Joriy yil 24 may kuni Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekistonda "Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiylashuvini taʼminlash uchun innovatsion ijtimoiy himoya tizimi" (INSON) loyihasini amalga oshirish maqsadida 100 million dollar miqdorida imtiyozli kreditni tasdiqladi. 

 

Loyihadan ko‘zlangan maqsad aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga mansub odamlar uchun ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini va ularning sifatini yaxshilashdir.

 

Loyiha qo‘shimcha ravishda Jahon banki qoshidagi "Erta yoshdagi taʼlim uchun hamkorlik" ko‘p tomonlama donorlik trast jamg‘armasi tomonidan taqdim etilgan 2 million dollarlik grant vositasida moliyalashtiriladi. Qayd etilishicha, jamg‘arma faoliyati dunyoning turli mamlakatlaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning rivojlanishi va taʼlimini qamrab oladi. Ushbu mablag‘lar mahalliy jamoalar (mahallalar) darajasida ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning O‘zbekistondagi ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar farovonligiga taʼsirini baholash va ularning sifatini oshirish uchun yo‘naltiriladi.

 

"Loyiha O‘zbekistonda «g‘amxo‘rlik iqtisodiyoti» sektorining huquqiy va institutsional asoslarini rivojlantirishga ko‘maklashadi. Shuningdek, u minglab odamlar, jumladan, keksa fuqarolar, nogironligi bor shaxslar, oiladagi zo‘ravonlik qurbonlari va ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar uchun haligacha mavjud bo‘lmagan zarur ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashni qo‘llab-quvvatlaydi", — dedi Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli.

 

Loyiha doirasida mahallalar darajasida faoliyat yuritadigan 50 dan ortiq ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish markazlari tashkil etiladi va aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining mazkur markazlarda sifatli ijtimoiy hamda reabilitatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari yaxshilanadi.

 

Shuningdek, xususiy sektor tomonidan ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning tartibga solinadigan bozorini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratiladi. Loyiha ko‘magida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga mansub fuqarolarga individuallashgan ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimi ishlab chiqiladi.

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"