“Baxti Tashkentskiy”ga oid jinoiy ish sudda ko‘rilmoqda
U qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish bo‘yicha ayblanmoqda.

Jinoyat olami vakili sifatida tanilgan Baxtiyor Qudratullayev va u tashkil qilgan jinoiy uyushma aʼzolariga oid ish bo‘yicha sud jarayonlari boshlandi.
Jinoiy uyushma tarkibida “Baxti Tashkentskiy”ning akasi Shuxrat Qudratullayev, o‘g‘illari Ixtiyor Qudratullayev va Bekzod Zafarovlar ham bor.
Jinoiy ishida doirasida 37 nafar shaxs sud qilinmoqda.







