O'zbekiston

Metropoliten farroshi ish vaqtida gul olgani uchun oyligi “qirqilgani” aytildi

Holat yuzasidan munosabat bildirildi.

Metropoliten farroshi ish vaqtida gul olgani uchun oyligi “qirqilgani” aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda metropoliten farrosh xodimiga ish vaqtida yo‘lovchilardan biri gul taqdim etilgani va shu sababdan ushbu xodimning oylik maoshidan ogohlantirish tarzida kesilgani haqida xabarlar tarqaldi. 

 

"Toshkent metropoliteni" DUKning maʼlum qilinishicha, video materialdagi xodim Alisher Navoiy bekatida 1,5 yildan buyon faoliyat olib boruvchi Nazarova Hilola ismli farrosh bo‘lib, unga nisbatan ushbu holat yuzasidan hech qanday ogohlantirish hamda oylik maoshidan jarima belgilanmagan.

 

"Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bu kabi o‘z tasdig‘ini topmagan maʼlumotlarni taqdim etmasliklarini va bunga qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik borligini eslatib o‘tamiz", — deyiladi xabarda.

 

Avvalroq videoni tasvirga olgan bloger farroshning oyligi “qirqilgani”ni aytgandi.

 

"Ahamiyat bergan bo‘lsangiz, bir videoda farrosh opaga "gulni ushlab turing, oyog‘imni bog‘lab olay", degandim. Shu videodan keyin opaning oyligini qirqib tashlashibdi. Men o‘zimdan nafratlanib ketdim. Bir insonning sekundini olib xursand qilaman degan maqsadda video olgan edim. Balki u xursand bo‘lgandir, ammo video tarqalganidan keyin ularning oyligini qirqib tashlashibdi", — deydi bloger.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Metropoliten farroshi ish vaqtida gul olgani uchun oyligi “qirqilgani” aytildi | Zamon.uz