Toshkentdagi International mehmonxonasi sotuvga qo‘yildi
Mehmonxona xususiylashtiriladi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkentdagi International mehmonxonasi 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirish boshlanganini eʼlon qildi.
InterHotel MCHJdagi 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha konsultant sifatida Deloitte kompaniyasi jalb etilgan.
Savdo jarayoni uch bosqichda amalga oshiriladi:
sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish (Exrress of interest);
majburiyatga ega bo‘lmagan taklif (NBO);
majburiyatga ega bo‘lgan taklif (BO).
Yakuniy bosqichda taklif etiladigan qatʼiy narx taklifining kamida 1 foizini kafolatli to‘lov sifatida amalga oshirilishi belgilanadi. Arizalar 2024 yil 4 iyul soat 18:00 gacha qabul qilinadi.
Mehmonxona 232 ta xona, 7 ta konferens zal, 2 ta restoran, barlar, yozgi terrasa, fitnes-klub va basseynni o‘z ichiga oladi. Umumiy 3 gektar yer maydonida 44,903 kvadrat metr bino va inshootlar joylashgan.
Mehmonxona va Accor guruhi kompaniyasi o‘rtasida imzolangan sublitsenziya shartnomasi mavjud bo‘lib, unda Mövenpisk brendidan, shuningdek, TARS Accor Hotels tarmog‘ining bron qilish tizimi va boshqa IT tizimlaridan foydalanish huquqi mavjudligi ko‘zda tutilgan.







