O'zbekiston

2023-yilda “Haj”ga borgan 150 ming nafardan ortiq shaxs Saudiyadan chiqarib yuborilgan

“Haj” ziyoratiga noqonuniy borayotganlar ogohlantirildi.

2023-yilda “Haj”ga borgan 150 ming nafardan ortiq shaxs Saudiyadan chiqarib yuborilgan

2023 yilda dunyo mamlakatlaridan “Haj” ziyoratiga noqonuniy borgan 150 ming nafardan ortiq shaxs ushlanib, tegishli tartibda podshohlik hududidan chiqarib yuborilgan. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, mamlakat fuqarolari uchun “Haj” tadbiri Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va Saudiya Arabistoni Podshohligining Haj va umra vazirligi o‘rtasida har yili imzolanadigan shartnoma asosida, faqatgina O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunday faoliyat bilan boshqa tashkilotlarning shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Shuningdek, Saudiya Arabistoni tomonidan belgilangan tartibga muvofiq, “Haj” ziyoratini ado etish uchun chet el fuqarolaridan “haj” vizasi talab qilinadi. Qolgan barcha turdagi vizalar ( “umra”, “turizm”, “biznes” va boshqalar) bilan “Haj” safariga borish qatʼiyan taqiqlanadi.

 

O‘rnatilgan tartibni buzgan shaxs zudlik bilan Saudiya Arabistonidan deport qilinib, uning ushbu mamlakatga 10 yil muddatga kirishi taqiqlanadi hamda 2,5 ming AQSH dollaridan 13,5 ming AQSH dollarigacha miqdorida jarimaga tortiladi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

2023-yilda “Haj”ga borgan 150 ming nafardan ortiq shaxs Saudiyadan chiqarib yuborilgan | Zamon.uz