O'zbekiston

Jizzaxda mast haydovchi “KamAZ”da savdo do‘konini buzib tashladi

Holat yuzasidan rasmiy izoh berildi.

Jizzaxda mast haydovchi “KamAZ”da savdo do‘konini buzib tashladi

Jizzax viloyati IIB Zarbdor tumanida yuk mashina haydovchisi “KamAZ”da Spark avtomobili va savdo do‘koniga shikast yetkazgani yuzasidan maʼlumot berdi

 

Qayd etilishicha, 28 may kuni soat 01:19 larda Zarbdor tumani “Ravot” MFYda joylashgan savdo do‘koni ish yurituvchisi viloyat IIBning 102 xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib “KamAZ” rusumli yuk avtomashinasi egasi savdo do‘konini buzib tashlaganini maʼlum qilgan.

 

Holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruvlar davomida Zomin tumani “Nurlikent” MFYda yashovchi 26 yoshli T.Sh. “KamAZ” rusumli yuk avtomashinasini mast holda savdo do‘koni oldiga boshqarib kelib, do‘kon yonida turgan 24 yoshli H.R va uning sherigi U.O. bilan o‘zaro tortishib qolgani aniqlangan.

 

Natijada fuqaro H.R. haydovchining yuz qismiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan. Shundan so‘ng T.Sh. jahl ustida o‘zi boshqaruvidagi yuk avtomashinasiga o‘tirib, uni haydab, shu yerda turgan H.R.ga tegishli Spark rusumli avtomashinaning orqasidan urib yuborib, avtomashina va savdo do‘koniga moddiy zarar yetkazgan.

 

Hodisa sodir bo‘lgan joy tergov-tezkor guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilib, hozirda tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda. Tergov natijalariga ko‘ra ushbu voqea ishtirokchilarining xati-harakatlariga huquqiy baho beriladi, — deyiladi xabarda.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston transchegaraviy suvlarni birgalikda boshqaradi

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan transchegaraviy suv obyektlarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi.

custom img

IPhO 2026: O‘zbekiston xalqaro fizika olimpiadasida tarixiy natija qayd etdi

Kolumbiyada o‘tkazilgan nufuzli olimpiadada o‘quvchilar 2 ta kumush, 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Bojxona tizimida ochiq muloqot: tadbirkorlar murojaatlari amaliy yechim topmoqda

Joriy yilda 7,6 trillion so‘mlik bojxona to‘lovlari hisoblanib, tadbirkorlarga 2,7 trillion so‘mlik imtiyozlar taqdim etildi.

custom img

Uyida 20 kgdan ortiq narkotik saqlagan 58 yoshli shaxs ushlandi

Shuningdek, Toshkentda virtual narkokanal tashkil qilgan ikki nafar shaxs ham qo‘lga olingan.

custom img

Andijonda YPX xodimini ayblab, video joylashtirgan haydovchi uzr so'radi

Haydovchi davlat raqam belgisini yashirgani uchun javobgarlikka tortilganidan norozi bo‘lib, bu haqda ijtimoiy tarmoqda video e’lon qilgan.

custom img

Toshkentda 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi boshlandi

1968-yildan buyon oʻtkazib kelinayotgan olimpiadaga Markaziy Osiyo tarixida ilk bor Oʻzbekiston mezbonlik qilmoqda.

custom img

Qashqadaryoda ikki bor qo‘lga tushgan eshak go‘shti savdogari 4,5 yilga qamaldi

Sudlanuvchining xonadonidan ikki marotaba yuzlab kilogramm iste’molga yaroqsiz go‘sht va eshak terilari aniqlangan.

custom img

Toshkentda Tracker 6 yoshli bolani bosib ketdi

Bola olgan og‘ir tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"