Iqtisodiyot

O‘zbekistonda muammoli kreditlar ulushi rekord darajada o‘sdi

Respublikada muammoli kreditlar miqdori joriy yil boshidan beri 3,3 trillion so‘mga o‘sdi.

O‘zbekistonda muammoli kreditlar ulushi rekord darajada o‘sdi

Markaziy bank eʼlon qilgan hisobotga ko‘ra, aprelda O‘zbekiston banklaridagi jami kredit qo‘yilmalari miqdori mart oyiga nisbatan 5,4 trillion so‘mga oshib, 483,6 trillion so‘mga yetdi. Shundan jismoniy shaxslarga 156,1 trillion so‘m, yuridik shaxslarga 327,5 trillion so‘m kredit ajratilgan. 

 

O‘tgan oyda ipoteka kreditlarining umumiy ulushi 60,7 trillion so‘mni, mikroqarzlar 28 trillion so‘mni, isteʼmol kreditlari 45,4 trillion so‘mni tashkil etdi. Hisobot davrida yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlarning eng yuqori ulushi sanoat (29 foiz) hamda qishloq xo‘jaligi (11 foiz) sohalariga to‘g‘ri kelgan.

 

Aprel oyida jami kredit qo‘yilmalaridagi muammoli kreditlar ulushi martdagiga nisbatan 1,7 trillion so‘mga oshib, 23,3 trillion so‘mni tashkil etdi. Bunda “O‘zsanoatqurilishbank” muammoli kreditlari bir oyda 674 milliard so‘mga (umumiy 3 trillion so‘m), “Ipotekabank”niki 482 milliard so‘mga (3,2 trillion so‘m), “Milliy bank”niki 333 milliard so‘mga (4,2 trillion so‘m) oshdi va boshqa banklardagiga qaraganda eng yuqori o‘sishni qayd etdi.

 

Markaziy bank maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2020 yil apreldagi muammoli kreditlar miqdori 5,2 trillion so‘m bo‘lgan. Keyingi yillarning aprel oylarida bu ko‘rsatkich sezilarli o‘sish tendensiyasiga o‘tgan. Xususan, 2021 yil aprelida muammoli kreditlar ulushi 12,9 trillion so‘mga, 2022 yilda 18 trillion so‘mga yetgan. 2023 yil aprel yakunida muammoli kreditlar miqdori 14,8 trillion so‘m bo‘lgan. Yaʼni bir yil davomida qaytarilmagan kreditlar ulushi 3,2 trillion so‘mga kamaygan. Biroq 2024 yil aprelida muammoli kreditlar miqdoridagi o‘sish rekord darajani qayd etgan va bir yilda 8,5 trillion so‘mdan ortiq o‘sgan.

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

O‘zbekistonda muammoli kreditlar ulushi rekord darajada o‘sdi | Zamon.uz