O'zbekiston

"Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida"gi qonun loyihasi eʼlon qilindi

2025-yil 1-iyuldan boshlab barcha sug‘urtalangan ayollarga, ularning bandlik va mehnat faoliyati turi, sug‘urtalash manbasidan qatʼiy nazar, homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lab berilishi mumkin.

"Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida"gi qonun loyihasi eʼlon qilindi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokama uchun joylashtirildi.

 

Qonun loyihasi O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ishlab chiqildi.

 

Loyihaning maqsad va vazifasi – sug‘urtalangan va mehnat faoliyatini yurituvi shaxslarni daromad yo‘qolishiga olib keluvchi ijtimoiy xatarlardan himoyalashni taʼminlash.

 

Taklif etilayotgan qonun loyihasi qabul qilinishi natijasida Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan:

 

  • birinchi bosqichda, 2025 yil 1 iyuldan boshlab barcha sug‘urtalangan ayollarga, ularning bandlik va mehnat faoliyati turi, sug‘urtalash manbasidan qatʼiy nazar, homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lab beriladi;

  • ikkinchi bosqichda, 2026 yil 1 yanvardan barcha sug‘urtalangan jismoniy shaxslarga, ularning bandlik va mehnat faoliyati turi, sug‘urtalash manbasidan qatʼiy nazar, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi to‘lab beriladi;

  • uchinchi bosqichda, O‘zbekiston prezidentining qaroriga asosan sug‘urtalangan shaxslarga ishsizlik nafaqasi va boshqa turdagi to‘lovlar joriy etiladi.

 

Qonun loyihasi doirasida:

 

  • 2025 yilning ikkinchi yarmida homiladorlik va tug‘ish nafaqasini to‘lab berish uchun 1,2 trln so‘m;

  • 2026 yilda homiladorlik va tug‘ish nafaqasini to‘lab berish uchun 2,8 trln so‘m hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini to‘lashga 2 trln so‘m xarajat talab etiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

"Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida"gi qonun loyihasi eʼlon qilindi | Zamon.uz