O'zbekiston

O‘zbek tili izohli lug‘atining izohli.uz sayti ishga tushdi

Sayt Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan tashkil etildi.

O‘zbek tili izohli lug‘atining izohli.uz sayti ishga tushdi

Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida O‘zbek tili izohli lug‘atining veb-sayti va uning mobil ilovasi – izohli.uz hamda “Zamonaviy tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilida defektologiya terminlari lug‘ati”ning taqdimoti o‘tkazildi.

 

Ushbu elektron resurs hamda izohli lug‘atlar Prezidentning “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida yaratilgan.

 

 

Taqdimotda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari Nodirjon Xolbo‘tayev, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori Aziz Eminov, Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori Nizomiddin Mahmudov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimov, “Isystem partners” MCHJ direktori Azam Nemadaliyev, shuningdek, vazirliklar va idoralarning davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari, jamoatchilik hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

 

Tadbir avvalida so‘zga chiqqan Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari N.Xolbo‘tayev bugungi kunda mamlakatimizda davlat tilida ish yuritishni yana-da takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng izohli.uz veb-sayti va uning mobil ilovasi taqdimoti boshlandi.

 

 

 

“Izohli.uz” mobil ilovasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda “Isystem partners” MCHJ tomonidan jamg‘arma mablag‘i hisobidan yaratilgan. Ushbu mobil ilovada O‘zbek tilining izohli lug‘atiga kiritilgan 80 000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmalari joy olgan. Mazkur ilova yaqin orada ishga tushirilish arafasida.

 

Keyingi taqdimot filologiya fanlari doktori, professor Durdona Xudoyberganova boshchiligida tuzilgan “Zamonaviy tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati”ga bag‘ishlandi.

 

 

Lug‘atni yaratishda taniqli o‘zbek tilshunoslarining asarlari, xorijiy ilmiy adabiyotlar, turli lingvistik terminlarning izohli lug‘atlaridagi maʼlumotlardan foydalanilgan. Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida lug‘at so‘ngida kognitiv tilshunoslik, pragmalingvistika, lingvomadaniyatshunoslik, sotsiolingvistika kabi lingvistik sohalar va yo‘nalishlarning guruhlashtirilgan tarzdagi ko‘rsatkichi ilova qilingan.

 

 

Navbatdagi taqdimot filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Zaxro Urunova boshchiligida tuzilgan “O‘zbek tilida defektologiya terminlari lug‘ati”ga bag‘ishlandi. Ushbu lug‘at bugungi kunda juda ham zaruriy lug‘at ekani alohida taʼkidlanib, lug‘atning yaratilishidan nashr ettirilishigacha bo‘lgan bosqichi haqida so‘zlab berdi.

 

Tadbir ishtirokchilari mobil ilova va lug‘atlarga oid barcha savollarga javob olishdi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbek tili izohli lug‘atining izohli.uz sayti ishga tushdi | Zamon.uz