O'zbekiston

“Asosiy vazifa — yo‘llarda sifat va madaniyatni taʼminlash”

Prezident namunaviy yo‘l infratuzilmasini ko‘zdan kechirdi.

“Asosiy vazifa — yo‘llarda sifat va madaniyatni taʼminlash”

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qorako‘l tumanida yangi loyiha asosida taʼmirlangan avtomobil yo‘lini ko‘zdan kechirdi.

 

Buxoro viloyatida 15 ming 400 kilometr avtomobil yo‘llari mavjud. Shundan 486 kilometri xalqaro ahamiyatga ega. Ularda kuniga o‘rtacha 45-50 mingta transport vositalari harakatlanadi. Shu yil 29 yanvarda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari bu sohaga alohida to‘xtalib, yo‘llarni sifatli qurish, ko‘chalar bo‘yida xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi. Bu borada barcha hududlarda ishlar boshlab yuborilgan.   

 

Jumladan, Samarqand – Buxoro – Turkmanboshi avtomobil yo‘lining Qorako‘l tumanidan o‘tgan bir qismi namunaviy shaklga keltirildi. Loyihaga ko‘ra, 4 tasmali yo‘l yangicha qatlamli asfalt-beton bilan qoplangan. Bunda mustahkamligi yuqori innovatsion materiallardan foydalanilgani evaziga yo‘lning sifati oshgan. Masalan, hozirgi anʼanaviy asfalt yo‘llar o‘n besh yil atrofida qayta qurilsa, yangi loyiha bo‘yicha yigirma yilgacha xizmat qiladi. Ularni joriy taʼmirlash oralig‘i ham uzayadi. Yana bir samarali tomoni, taʼmirlash jarayonida yo‘l qatlamlarini o‘sha joyning o‘zida qayta ishlab, yangilash mumkin bo‘ladi.

 

Davlatimiz rahbari aholi manfaatiga qaratilgan bunday ishlarni kengaytirish zarurligini taʼkidladi.

 

- Asosiy vazifa - yo‘llarda sifat va madaniyatni taʼminlash, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Yangi loyihada bu masala ham inobatga olingan. Yo‘l sifatini saqlash maqsadida, meʼyordan ortiq yuk tashuvchi transport vositalarining vazn parametrlarini vaqti-vaqti bilan o‘lchovchi ko‘chma tarozi qo‘yiladi.  

 

Shuningdek, bu yerda yondosh shoxobcha yo‘l ham qurilgan. Yangi belgilar, elektron tablo va quyosh panelli yoritish chiroqlari o‘rnatilgan. Yo‘l bo‘yiga manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgan.

 

Prezidentimiz bu jihatga alohida to‘xtalib, daraxt ekish yo‘l qurilishi bilan birga olib borilishi shart ekanini taʼkidladi. 

 

Shu yerda transport va bunyodkorlik loyihalari taqdimot qilindi.

 

Buxoro viloyatida bu boradagi rejalar ko‘p. Ilgari bir yilda o‘rtacha 250-300 kilometr yo‘l ishlari bajarilgan bo‘lsa, birgina 2023 yilda 1 ming 255 kilometr yo‘llar taʼmirlangan. Bu yil hudud bo‘yicha 1 ming 316 kilometr yo‘lni rekonstruksiya qilish va taʼmirlash rejalashtirilgan.

 

Shularning davomi sifatida G‘ijduvon tumanidan Turkmaniston chegarasigacha 155 kilometr yo‘lni rekonstruksiya qilish loyihasi maʼqullandi.

 

Yo‘lsozlik sohasida kadrlar tayyorlash, mutaxassislarni rivojlangan davlatlarda malaka oshirishini tashkil etish lozimligi taʼkidlandi. 

 

Buxoro shahrini rivojlantirish konsepsiyasi ham ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, shaharda “Yangi O‘zbekiston” massivi va bog‘i bunyod etilishi rejalashtirilgan.  Bog‘da Buxoro tarixi zamonaviy yondashuvlar asosida namoyon etilishi ko‘zda tutilgan. Bu loyihaning g‘oyaviy mazmuni va texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Asosiy vazifa — yo‘llarda sifat va madaniyatni taʼminlash” | Zamon.uz