“O‘zbekistondagi eng dahshatli attraksion” faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur sarlavha ostida video tarqaldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekistondagi eng dahshatli attraksion” deb nomlangan video tarqaldi. Holat bo‘yicha Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi maʼlumot berdi.
Mazkur videolavhada aks etgan charxpalak attraksioni qo‘mitaning masʼul xodimlari tomonidan dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, Andijon shahri Bobur nomli istirohat bog‘ida joylashgan. Mazkur istirohat bog‘i Bobur xalqaro jamoat fondi tasarrufidagi bog‘ bo‘lib, hozirgi kunda tadbirkor “Lyuks attraksion” MCHJ rahbari M.Atabayev tomonidan ijaraga olinib, faoliyat yuritib kelingan.
Shuningdek, videolavhadagi tasvirlangan holatlar 2024 yil joriy holati emasligi va tasvirlar qo‘mita faoliyati doirasidan tashqari, yaʼni qo‘mita uchun nomaʼlum maqsadlarda tasvirga olingani va tasvirga olish va undan keyingi vaqtda ushbu attraksionda baxtsiz hodisa va jarohat olganlar yo‘qligi maʼlum bo‘ldi.
Ayni paytda bog‘dagi ushbu attraksion holati ishchi guruh tomonidan o‘rganilayotgani sababli uning faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.







