Jahon

Ukraina va Shvetsiya xavfsizlik bo'yicha shartnoma imzoladi

Shvetsiya Ukrainaga qariyb 6,5 milliard yevro miqdorida harbiy yordam ko‘rsatadi.

Ukraina va Shvetsiya xavfsizlik bo'yicha shartnoma imzoladi

 

Stokgolmda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Shvesiya bosh vaziri Ulf Kristersson xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvni imzoladi.

 

Unga ko‘ra, 2024-2026-yillar davomida Shvetsiya Ukrainaga qariyb 6,5 milliard yevro miqdorida harbiy yordam ko‘rsatadi, bu yiliga taxminan 2,2 milliard yevroni tashkil etadi. Shartnomaning o‘n yillik muddati davomida yordam miqdori ortadi.

 

Bundan tashqari, Ukrainaning harbiy yordami aviatsiya va havo mudofaasi, zirhli texnika, artilleriya, dengiz xavfsizligini kuchaytirish, minalardan tozalash yordami va uchuvchisiz uchish apparatlarini o‘z ichiga oladi.

 

Shvetsiya allaqachon Ukrainani Archer artilleriya tizimlari va SV90 jangovar mashinalari bilan ta’minlagan va taqdim etishda davom etadi, buning uchun hamkorlar birgalikda ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘rganadilar.

 

Shvetsiya, shuningdek, Ukrainaning zamonaviy mudofaa sanoati salohiyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi va Shvetsiya mudofaa mahsulotlarini Ukrainada mahalliylashtirish, ta’mirlash, texnik xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantiradi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"