Janubiy Koreyaga yana axlat sharlari uchirildi
Aholidan ularga yaqinlashmaslik so‘raldi.

Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga yana axlat sharlarini uchirdi. Bu haqda mamlakat Qurolli kuchlariga tayanib, Yonhap agentligi xabar bermoqda.
Janubiy Koreya harbiylari fuqarolardan obyektlarga yaqinlashmaslikni va ularning topilgani haqida rasmiylarga xabar berishni so‘radi.
Bundan tashqari, Seul va uning atrofidagi aholiga KXDRning osmonda nomaʼlum jismlar topilgani haqidagi maʼlumotli SMS-xabar kelib tushgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya chegara orqali Janubiy Koreyaga 150 dan ortiq havo sharlarini yuborgandi. To‘plar ichida turli xil axlatlar: plastik butilkalar, batareyalar, poyabzal qismlari va go‘ng bor edi.
Keyinroq prezident Kim Chen Inning singlisi KXDRning bunday harakatini “xalq uchun so‘z erkinligi” va “samimiylik sovg‘asi” deb atadi.







