“Qatar Airways” O‘zbekistonga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ydi
Birinchi reys bugun amalga oshirildi.

Bugun, 2 iyun kuni soat 10:28 da “Qatar Airways” aviakompaniyasining Toshkentga rejalashtirilgan birinchi reysi Doha aeroportidan uchib ketdi. O‘zbekiston poytaxtiga Airbus 320 samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 13:30 da qo‘ndi. Parvoz vaqti 3 soatni tashkil qildi.
Maʼlumot uchun, “Qatar Airways” Qatarning milliy aviakompaniyasi bo‘lib, bosh qarorgohi Dohada joylashgan. Aviakompaniya dunyoning 170 dan ortiq yo‘nalishlariga parvoz qiladi. Qatar Airvays ko‘plab nufuzli mukofotlarni qo‘lga kiritgan va Skytrax tomonidan yetti marta dunyoning eng yaxshi aviakompaniyasi deb topilgan.







