Lifestyle

Xitoylik erkak yo‘tal payti oyog‘ini sindirib oldi

Uning suyaklari kuchsizlashib, mo‘rt bo‘lib qolgan.

Xitoylik erkak yo‘tal payti oyog‘ini sindirib oldi

Mamlakatning Futszyan provinsiyasida yashovchi 35 yoshli fuqaro kuchli yo‘tal payti son suyagini sindirib olgan. U uzoq vaqt bunga eʼtibor bermadi, biroq og‘riq kuchaygandan so‘ng shifokorlarga murojaat qilishga majbur bo‘ldi.

 

Mutaxassislar erkak passiv turmush tarzini olib borgan va to‘g‘ri ovqatlanmagan degan xulosaga kelishdi. Bundan tashqari, u gazlangan ichimliklarni ko‘p isteʼmol qilgan, bu esa organizmda kalsiyning so‘rilishiga to‘sqinlik qilgan. Natijada uning suyaklari kuchsizlashib, mo‘rt bo‘lib qolgan.

 

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, odatda bunday shikastlanish katta balandlikdan yiqilganda sodir bo‘ladi, lekin yo‘taldan emas.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"