Shahrisabzda Turizm klasteri tashkil qilinadi
Hukumatga Shahrisabzda turizmni rivojlantirish bo‘yicha qator vazifalar berildi.

Shahrisabz shahri – Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 2024 yildagi turizm poytaxti deb eʼlon qilingan.
Shahrisabz shahri va Shahrisabz tumanida Turizm klasteri tashkil qilinadi. Hisorak-G‘yelon va Hisorak-Sarchashma yo‘li ikki tasmali qilib taʼmirlanadi.
Chiroqchi-Sho‘rquduq avtomobil yo‘lining 30 kilometri taʼmirlanib, Samarqanddan Shahrisabzga qatnov vaqti qisqaradi. Natijada Shahrisabzga ko‘proq sayyohni jalb qilish imkoniyati yaratiladi.







