Viloyatliklarni haqoratlagan qiz kechirim so‘radi
Hozirda unga nisbatan maʼmuriy qamoq tayinlangan.

Toshkent shahriga O‘zbekistonning boshqa hududlaridan kelgan fuqarolarni haqoratlab, Instagram‘ga video joylagan qizga 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosini tayinladi.
Huquqbuzar bu videoni turli kanallarga kim tarqatganini bilmasligini aytib, odatda uni Instagram sahifasidagi “stories”larni 300-350 nafar odam ko‘rishini, bu videoni esa 11 ming kishi ko‘rganini, sodir etgan qilmishidan pushaymonligini, bundan keyin bu kabi harakatlarni sodir etmasligini bildirib, suddan uni kechirishni va yengillik berishni so‘ragan.
Sud uni MJtKning 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir qilgan topdi va unga 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
Huquqbuzar, shuningdek, maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar uchun maʼmuriy qamoqning har bir sutkasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 foiz miqdorida, 15 kun uchun jami 765.000 so‘m to‘lashi ham kerak.







