5-iyun uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Baʼzi hududlarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilyapti.

5-iyun kuni Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 M/S tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 31-33 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 M/S tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 M/S gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 M/S tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 M/S gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 M/S tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-21, kunduzi 29-34 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 M/S tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 M/S gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 M/S tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 M/S tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12, kunduzi 17-22 daraja bo‘ladi.







