O'zbekiston

O‘zbekistonda tirik insonlar sharafiga monumental yodgorliklar o‘rnatish taqiqlandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarni o‘rnatish bo‘yicha hukumat ekspert komissiyasi tuzilmoqda.

O‘zbekistonda tirik insonlar sharafiga monumental yodgorliklar o‘rnatish taqiqlandi

“O‘zbekiston Respublikasida monumental yodgorliklarni o‘rnatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi. 

 

Hujjat bilan davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarni o‘rnatish bo‘yicha hukumat ekspert komissiyasi tuzilmoqda. Uning vazifalari:

 

  • davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarni o‘rnatish, olib tashlash (ko‘chirish) to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqish va ularning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida asoslantirilgan takliflar tayyorlash va xulosalar berish;

 

  • Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida o‘rnatiladigan davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarning loyihalarini g‘oyaviy-badiiy ahamiyati nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish, o‘tkazilgan tanlovlar asosida saralab olish, zarur hollarda o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar berish;

 

  • davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklar loyihalari konsepsiyasini g‘oyaviy-badiiy ahamiyati nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish va xulosa berish;

 

  • davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarni o‘rnatish, ko‘chirish va olib tashlash bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish masalalarini manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ko‘rib chiqish, xulosalar berish va boshqalar.

 

Qaror bilan O‘zbekistonda monumental yodgorliklarni o‘rnatish va olib tashlash (ko‘chirish) tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklar Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan o‘rnatiladi.

 

Davlat va jamoat tashkilotlarining mahalliy ahamiyatga molik monumental yodgorliklarni o‘rnatish to‘g‘risidagi takliflari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlariga kiritiladi hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan kelishilgan holda qaror qabul qilinadi.

 

Monumental yodgorliklarni o‘rnatishdan oldin tegishli sohadagi NNT va mehnat jamoalari bilan maslahatlashuvlar o‘tkaziladi. Monumental yodgorliklarning loyihalarini ko‘rib chiqish va xulosa berish uchun O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzurida badiiy ekspertlar kengashi tuziladi.

 

O‘zbekiston hududida shaxslarning hayot vaqtida xotirasini abadiylashtirishga va ularning sharafiga monumental yodgorliklar o‘rnatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Monumental yodgorliklarni yaratish va o‘rnatish ishlarini moliyalashtirish manbalari Vazirlar Mahkamasi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari qarorlari bilan belgilanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2024 yil 1 iyundan kuchga kirdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda tirik insonlar sharafiga monumental yodgorliklar o‘rnatish taqiqlandi | Zamon.uz