O'zbekiston

Qurilish firmasiga "chuv tushgan" fuqarolarning muammosi hal etildi

Yodingizda bo‘lsa, Toshkentda fuqarolardan hali qurilmagan kvartiralar uchun to‘lovlarni qabul qilib olgan firmaning vaʼda qilingan hududda turar joy majmuasi qurishga ruxsati bo‘lmagani va buning ortida aholida norozilik yuzaga kelgandi. O‘tgan yilning 21 iyul kuni Bosh vazir Abdulla Aripov Prezident topshirig‘iga ko‘ra aldangan fuqarolar bilan uchrashgandi.

Qurilish firmasiga "chuv tushgan" fuqarolarning muammosi hal etildi

O‘shanda Aripov uy bilan muammo bo‘lgan salkam 2 ming (1091) fuqaroning masalasi ijobiy hal bo‘lishini aytgandi.

 

Oradan salkam bir yil vaqt o‘tib, aldangan fuqarolarga Bektemir tumani "Iyk ota" MFY hududida “Yangi O‘zbekiston” massivi barpo etildi. Fuqarolarning muammosi hal bo‘ldi: kuni kecha ko‘p qavatli uylar foydalanishga topshirildi.

 

 

Unda shahar hokimi, nuroniylar, jamoatchilik vakillari, OAV xodimlari va yangi xonadon sohiblari ishtirok etdi. Tadbirda Toshkent shahar xokimi Sh.Umrzoqov so‘zga chiqib, yangi xonadon egalarini qutladi. So‘ngra bir nechta uy egalariga kalitlar topshirildi.

 

 

"Vatanda kichik vatanli bo‘lish saodati o‘zgacha baxt. Bugun quvonchim cheksiz. Biz “Aziya Invest favorit” qurilish kompaniyasidan jabrlangach ancha sarson bo‘ldik, halovatimiz yo‘qoldi. Ro‘zg‘orimda tinchlik buzuldi. Shukrki, bugun orzularimiz ushaldi. Buning uchun Prezidentimiz va mana shu xayrli ishlarda hissa qo‘shgan barchaga rahmat aytaman", — deydi Gulbeniz Mustafayeva.

 

Zamonaviy infratuzilmani o‘zida mujassam etgan massivdan jami 1 352 ta xonadondan iborat 18 ko‘p qavatli uylar o‘rin olgan. Shundan, 16 tasi 10 qavatli bo‘lsa, 2 tasi 16 qavatlidir. So‘nggi 9 oydagi bunyodkorlik namunasi bo‘lgan majmua qisqa muddatda “O‘zshahar qurilish Invest” injiniring kompaniyasi tomonidan bunyod etildi.

 

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qurilish firmasiga "chuv tushgan" fuqarolarning muammosi hal etildi | Zamon.uz