Surxondaryoda sodir bo‘lgan avtohalokatda Nexia-3 yonib ketdi
Voqea yuzasidan viloyat IIB YHXB izoh berdi.

Termiz shahrida uchta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Maʼlum qilinishicha, Termiz shahrining At-Termiziy va A.Navoiy ko‘chalari kesishgan chorrahada Matiz, Nexia-3 hamda Cobalt mashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.
Avtohalokatda hech kim jarohatlanmagan va o‘lim holatlari yuz bermagan. Faqat Nexia-3da yong‘in sodir bo‘lgan va mashina yonib ketgan.
Qayd etilishicha, hozirda hodisa yuzasidan qo‘shimcha tergov ishlari olib borilmoqda.







