O'zbekiston

Toshkent tumanida “Tez yordam” shifokori kaltaklandi

Holat yuzasidan hokimlik rasmiy munosabat bildirdi.

Toshkent tumanida “Tez yordam” shifokori kaltaklandi

Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi xonadonlarning biriga chaqiruv bilan borgan “Tez yordam” shifokori kaltaklandi. Holat yuzasidan tuman hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, 1 iyun kuni soat 16:35 da Toshkent tumani Dilkash ko‘chasidagi uyda yashovchi 26 yoshli J.O.dan bosh og‘rig‘i shikoyati bilan murojaat kelib tushgan. Shifokor T.R. va feldsher N.O‘.dan iborat brigada manzilga soat 16:45 da yetib borgan.

 

Bemor shifokorga bosh og‘rig‘i, bezovtalik, umumiy holsizlik shikoyatlari borligini va buyrak kasalligi bo‘yicha davolanayotganini aytgan. Shifokor birlamchi tekshiruv o‘tkazib, bemordagi og‘riqni qoldirish uchun feldsherga og‘riq qoldiruvchi dori vositasini shpritsga tortishini so‘ragan.

 

Shifokor bemorga qo‘shimcha kasalliklari bo‘yicha savollar berayotgan vaqtda, bemor shifokorga qarab “sen kimsan, ishingni tezroq qil” deya haqoratlay ketib, o‘rnidan turib, to‘satdan shifokorning yuziga musht tushirgan. Shifokorning labi hamda pastki jag‘ sohasidan qon ketishni boshlagan va biroz vaqtga karaxtlik holati kuzatilgan. Holat bo‘yicha hudud profilaktika inspektoriga xabar berilgan.

 

Shifokor boshqa brigada bilan TTA-3 Yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limiga olib kelingan. Jarohat joyi tikilib, qon oqishi to‘xtatilgan. Shifokor ishini davom ettirish maqsadida ish joyiga qaytgan.

 

Biroz vaqtdan so‘ng, shifokorda bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, umumiy holsizlik kuzatilgan va zudlik bilan TTA-2 klinikasiga gospitalizatsiya qilingan. TTA-2 Neyroxirurgiya bo‘limiga soat 23:45 da “Bosh miya yopiq jarohati. Bosh miya chayqalishi. O‘ng tomon pastki lab sohasida tikilgan jarohat. O‘ng pastki jag‘da yumshoq to‘qimalar lat yeyishi” tashxisi bilan yotqizilgan.

 

Hozirda jabrlangan shifokor tibbiy muolajalar qabul qilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent tumanida “Tez yordam” shifokori kaltaklandi | Zamon.uz