Bozorlar temir panjaralar bilan o‘rab olinadi
Bu bo‘yicha qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Qaror loyihasiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahridagi yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash Milliy gvardiya tomonidan, boshqa hududlardagi yirik bozorlarda esa ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Qaror qabul qilinsa, yirik bozorlar IIV, Milliy gvardiya yoki FVV bilan qo‘riqlash va yong‘in xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha shartnomalar tuzishga majbur bo‘ladi.
Soliq qo‘mitasiga bozor hududida belgilanmagan joylardagi savdo faoliyatlarini bartaraf etish ham yuklatilmoqda.







