O'zbekiston

“Mavorannahr” nomli yangi hujjatli serial yaratiladi

U turk kinoijodkorlari bilan hamkorlikda ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda.

“Mavorannahr” nomli yangi hujjatli serial yaratiladi

O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida Kinematografiya agentligi Badiiy kengashining turk kinoijodkorlari bilan yaratilishi rejalashtirilayotgan “Mavorannahr” kinoloyihasi bo‘yicha muhokama bo‘lib o‘tdi.

 

Unda Agentlik rahbariyati, va badiy kengash aʼzolari va eksperlari Sedat Sag‘irkaya boshchiligidagi turk kinoijodkorlaridan iborat delegatsiya bilan loyiha bo‘yicha muzokoralar o‘tkazdi.

 

Uchrashuv avvalida mehmonlar TRT Avaz telekanali bosh koordinatori Sedat Sag‘irkaya, prodyuser O‘mer Beyog‘lu, tarixchi va madaniyatshunos Isa Akpinar, rejissyor Ekrem Arslan va TRT O‘zbekiston vakolatxonasi rahbari Nizam Shahin kinosaroyni ko‘zdan kechirib, iliq fikrlar bildirdi.

 

Uchrashuvda “Mavorannaxr” deb nomlangan hujjatli serial ishlash masalasi muhokama qilindi. Taklif etilayotgan loyihaga ko‘ra, Movarounnahr o‘lkasining geografiyasi, fiqh ilmi, diniy taʼlimotlar, falsafa, arxitektura va hayot tarziga bag‘ishlangan 10 qismli serial ishlanadi.

 

Hujjatli serial loyihasi Badiiy kengash tomonidan iliq qabul qilindi. Shu mavzu yuzasidan loyiha taqdimoti o‘tkazilgach, turk kinoijodkorlari tomonidan O‘zbekistonda tarixiy manzillar, aktyorlar, texnik ko‘mak masalasida yordam so‘raldi. Taklif Badiiy kengash aʼzolari tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, hujjatli serialni suratga olish ishlarida o‘zbek va turk olimlari hamkorlikda faoliyat yuritishi kerakligi taʼkidlandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Mavorannahr” nomli yangi hujjatli serial yaratiladi | Zamon.uz