O'zbekiston

Samarqandda KamAZ yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolalarni urib yubordi

Avtohalokat oqibatida ayolning 2 farzandi halok bo‘ldi.

Samarqandda KamAZ yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolalarni urib yubordi

Samarqand viloyati Nurobod tumanida 4 iyun kuni voyaga yetmaganlar o‘limi bilan tugagan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqida viloyat IIB matbuot kotibi Jahongir Sagdullayev xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, hodisa soat 16:30 da tumanning “Mehnatkash” mahallasi hududidan o‘tuvchi Samarqand-G‘uzor A-378 avtomobil yo‘lining 35-kilometrida ro‘y bergan.

 

25 yoshli haydovchi P.Yo. “KamAZ-53212” yuk avtomashinasida harakatlanayotganda piyodalar o‘tish yo‘lakchasidan o‘tayotgan J.F. (ayol) va uning 2 nafar voyaga yetmagan farzandini urib yuborgan.

 

Oqibatda 2 bola tan jarohatlari bilan voqea joyida halok bo‘lgan. Ularning onasi Samarqand tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

 

Holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan holda transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish / muayyan huquqdan mahrum qilib, 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Haydovchi jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, himoya huquqi bilan taʼminlanib, Jinoyat-protsessual kodekning 227-moddasi tartibida ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Samarqandda KamAZ yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolalarni urib yubordi | Zamon.uz