Andijonda 126 mln so‘mlik elektr o‘g‘irlandi
Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Andijon viloyatining Xonobod shahrida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro U.X. avtomobillarni yuvish shoxobchasini tashkil etib, umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga yashirincha ulanib, jami 126 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







